Oʻzbekistonlik xonanda Mashhurbek Rayimjonov va qirgʻizistonlik xonanda Odina Abbosova oʻzbek-qirgʻiz xalqlarining doʻstligi haqida duet qoʻshiq ijro etishdi.
“Oʻzbek-qirgʻiz ogʻa-ini tugʻishgandir, qirgʻiz-oʻzbek bir-biriga jonu tandir” deb boshlanuvchi mazkur qoʻshiqda ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik tarannum etiladi.
Qoʻshiq oʻzbek va qirgʻiz tillarida kuylangan.