Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi respublikadagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federatsiyalari xodimlari attestatsiyadan oʻtkazilishini maʼlum qildi. Aytilishicha, bundan maqsad xodimlar malakasini oshirish, oʻz kasbining mutaxassisi boʻlgan insonlar federatsiya tarkibida ishlashini taʼminlashdir.

Attestatsiya davomida murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlarining kasbiy mahorati, bilimi, jismoniy holati maxsus tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan sinovdan oʻtkaziladi.
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlar oʻz faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Attestatsiyadan oʻtolmagan murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlariga faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berilmaydi.