Jorjtaundaligimda (Vashington, D.C.) Virjiniyada yashaydigan vatandoshlar bilan uchrashishim kerak edi. Mehmonxonaga Uber taksi chaqirdim. Kun issiq, dim. Salqingina taksiga oʻtirib, taksichi bilan salomlashdim. Mehmonxonadan biroz uzoqlashgandan keyin, taksichi “Musiqa qoʻyishimga qarshi emasmisiz?“, dedi. Hindligini mashinaga oʻtirganimdayoq payqagandim. “Qoʻyavering, istasangiz hind qoʻshiqlaridan qoʻying“, dedim, eng yaxshi biznes trenerlardan biri Boboyor Toʻrayev meditatsiya uchun hind qoʻshiqlaridan yaxshisi yoʻq degani esimga tushib ketib. Taksichi koʻzlari chaqnab, xursand boʻlib ketdi. Unga men ham Osiyodan ekanligimni, hind kinolarini koʻrib katta boʻlganimizni aytdim. Yoʻl yoʻlakay tanishib ketdik.
Rajesh Hindistonning Haryana degan shtatidan ekan. AQShga kelganiga 8 oy boʻlibdi. Axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi ekan. Oʻziga mos ishni AQShga keliboq topibdi, Uber taksida ham tirikchilik qilib turarkan. Xullas, gʻirt oʻzimizdan ekan.
Virjiniyaga yetgunimizcha oʻnlab hindcha qoʻshiqlarni qoʻydi. Lekin, orasida bironta men bilgan saundtrek chiqmadi. Oʻzi bilganim ham koʻp emas edi.
Hatto “Zita va Gita“ filmini bilmaydigan hindistonlik yangi doʻstimdan nima ham kutishim kerak edi. Lata Mangeshkardan qoʻy dedim. “Apple Music“dan Lata Mangeshkarning “Eng saralari“ degan albomini topib, qoʻyib berdi.
Deyarli barchasi tanish boʻlib chiqgan qoʻshiqlar albomini menga ham ulashishini soʻradim. Xullas, Rajesh bilan AQSh poytaxtining keng va ravon yoʻllarida “yuz yildan“ beri eshitmagan qadrdon hindcha qoʻshiqlarni eshitib ketdik. Unga bu qoʻshiqlar oʻzbek kino va musiqa shaydolarining ham qalblarini zabt etganligini aytdim.
Lata Mangeshkar va Roop Kumar Rathod – Tere Liye
Lata Mangeshkar va Udit Narayan – Humko Hamise Chura Lo
Jatin Lalit va Lata Mangeshkar – Kabhi Khushi Kabhie Gham
Shreya Ghoshal – Silsila Ye Chahat Ka
https://youtu.be/0gdgWOJ2gwU
Lata Mangeshkar va Kumar Sanu –Tujhe Dekha Toh
Amit Kumar, Jatin Latit Sonu Nigam, Alka Yagnik, Udit Narayan, Kavita Krisgnamurthy – Bole Chudiyan
Udit Narayan va Lata Mangeshkar – Dil To Pagal Hai
Shankar-Ehsaan-Loy va Sonu Nigam – Kal Ho Naa Ho
Lata Mangeshkar va Sonu Nigam – Do Pal
Sandesh Shandilya, Sonu Naigam va Alka Yagnik – Suraj Hua Maddham