Ostona shahrida Qozog‘iston ekologik tashkilotlari assotsiatsiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Kazinform”.
Mazkur muassasaga Qozog‘iston prezidentining kenja qizi Aliya Nazarboyeva rahbar etib tayinlandi.
Tashkilot vasiylik kengashiga “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Raye Kvon Chung ham kiritildi.
“Qozog‘iston ekologik tashkilotlari assotsiatsiyasi tizimli ekologik tashabbuslarni yaratish va rivojlantirish hamda ‘yashil’ hayot tarzini targ‘ib etish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi. Muassasa ekologik ta’lim va tarbiyaga, millatning ekologik etikasi va madaniyati shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Biz jamiyatda ekologik madaniyat shakllanishi bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirishimiz zarur. Biz faqat birgalikda sezilarli natijalarga erishishimiz mumkin. Fursatdan foydalanib, bizning eshiklarimiz barcha shu sohaga qiziquvchi shaxslarga ochiqligini ma’lum qilmoqchiman”, — deydi Aliya Nazarboyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar Qozog‘istondagi o‘nlab ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan.