Nurafshon shahrida Oʻzbekistondagi ilk multibrend avtosalon ishga tushdi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Oʻzbekistondagi ilk multibrend avtosalonning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda UzA xabar qildi.

Davlat rahbarining joriy yil yanvar oyida Toshkent viloyatiga tashrifi chogʻida berilgan topshirigʻiga binoan barpo etilgan avtosalon zamonaviy talabalarga toʻla javob beradi. 2 400 kvadrat metrni tashkil qiladigan servis hududida barcha sharoitlar mavjud.

Yangi avtosalon “OʻzAvto“ kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, katta yuk mashinalari hamda ehtiyot qismlarini sotish bilan cheklanib qolmay, ularga servis, sotuv va davriy kafolatli texnik xizmat koʻrsatadi.

Avtosalonning ochilish marosimida shu yilning 10-dekabrida sotuvga qoʻyilgan yangi model – “Tracker“ avtomobili taqdim qilindi. Qisqa muddatda mingdan ortiq ushbu yangi modeldagi avtomobillarning sotilishi “GM Uzbekistan“ kompaniyasining katta yutugʻidir.

Tadbir doirasida ishtirokchilar avtosalonda namoyishga qo‘yilgan avtomobillar bilan tanishdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog