Nestlé Toshkentdagi suv chiqaruvchi zavodini yopmoqda

Nestlé Uzbekistan kompaniyasi shu yilning dekabr oyidan 18,9 litr formatidagi qadoqlangan suv yetkazish bo‘yicha biznesini to‘xtatishga hamda 5 litr formatidagi suv chiqarishni to‘xtatishga qaror qildi. Toshkentda joylashgan, shu formatdagi suvlarni chiqaradigan zavod yopiladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: Nestlé Uzbekistan

Nestlé Uzbekistan jamoatchilik bilan aloqalar va korporativ masalalar bo‘yicha menejeri Nigora Akilovaga ko‘ra, qaror biznesning joriy istiqbollari hamda yangi bozor kon’yunkturasi tufayli tashkiliy strukturani optimillashtirish bilan bog‘liq ravishda qabul qilingan.

Suv chiqaruvchi zavod Toshkentda 2011-yili ochilgan edi. 0,5, 1 i 1,5 litr formatlaridagi Nestlé Pure Life suvlari Nestlé Uzbekistan’ning Namangandagi zavodi chiqarilishda davom etadi, kompaniya shu mahsulotlarni rivojlantirishga urg‘u bermoqchi.

Nestlé Uzbekistan Toshkent zavodini mahalliy yoki xorijlik investorlarga sotish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

“Biz asosiy mahsulotlarimiz bo‘yicha biznesni rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz, — dedi kompaniya vakili. — Aynan shu tufayli biz ham mahalliy, ham import qilinuvchi Nestlé brendlarining pozitsiyalarini mustahkamlovchi istiqbolli yo‘nalishlarga urg‘u bermoqchimiz”.

Latest from Blog