Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ushbu masala ko‘rib chiqildi. Tumanning yangi hokimi etib Ne’matulla Xudoyberganov tayinlandi.
Ne’matulla Xudoyberganov 1952-yili To‘rtko‘lda tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent politexnika institutini muhandis-geofizik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Bundan tashqari, Nukus agrar texnikumida agronom mutaxassisligini egallagan. Iqtisodiy fanlar nomzodi (1991-yil). Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodiyotchi, “Do‘stlik” ordeni sohibi.
19 yil davomida (1998–2017) Ellikqal’a tumaniga rahbarlik qilib kelgan. Shu yilning mayida Sirdaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi rahbari etib tayinlangan edi.
Unga qadar To‘rtko‘l hokimi G‘ofurjon Hojiyev edi.
Ellikqal’a hokimi sifatida, o‘z navbatida, may oyidan buyon Seydamat Avezov faoliyat yuritib kelmoqda.