Nyu-Jersi shtatida ikki nafar islomiy markaz terrorchilik hujumidan so’ng bir nechta tahdid qo’ng’iroqlarni qabul qildi. Bu haqda NBC juma kuni xabar qildi.
Manxettenda asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov tomonidan uyushtirilgan teraktdan so‘ng bu kabi tahdidlar soni oshib bormoqda.
Jumladan, Passaik shahridagi islom markaziga kamida sakkiz marta qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Paterson shahridagi islom markaziga ham ko‘plab marotaba tahdid qilingan. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, Soipov aynan shu markazga tez-tez kelib turgan.