Navoiy viloyatidagi 129 ta avval xususiylashtirilgan obyektlar faoliyati qayta tiklanmoqda

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan xatlov natijasida 129 ta avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan obyektlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.

Foto: UZ24

Bugungi kunda viloyatdagi bo‘sh turgan obyektlarning 103 tasi negizida investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu loyihalar bo‘sh turgan korxonalarni faoliyatini tiklanishiga turtki bo‘lmoqda.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 255,6 milliard so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 1831 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunga qadar viloyatda 35 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 342 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Mazkur korxonalarni ishga tushirish uchun 146 milliard so‘mlik sarmoyalar kiritildi.

Jumladan, Karmana tumanida joylashgan “Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasining bo‘sh turgan binosi negizida 200 million so‘m miqdorida kiritilgan sarmoyasi evaziga sulfid natriy (kukunsifat) mahsulotini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bunda 12 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu korxona yiliga 500 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Latest from Blog