Navoiy viloyatida “Xalq banki”ni tunashga uringan erkak IIB qo‘riqlov boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi. Voqea videosyujeti “Yoshlar” telekanalining “Davr” dasturida namoyish etildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Voqea joyiga yetib kelgan tezkor xodimlar kirish eshigi buzib ochilganligini aniqladi. Ichkariga kirgan huquq-tartibot xodimlari moliya muassasasini tunash niyatida bo‘lgan yigitni qo‘lga oldi. Qo‘lga olish chog‘ida yigit huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga qarshilik ko‘rsatishga urindi.
Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishi yuritilmoqda.