Vladimir viloyatidagi koloniyalardan birida jazo oʻtayotgan siyosatchi Aleksey Navalniy Rosfinmonitoring ustidan sudga murojaat qildi. Moskvaning Meshchanskiy sudi saytidagi maʼlumotlarga koʻra, ariza 21-aprel kuni roʻyxatga olingan.
Navalniy advokatlarining Interfaksga tushuntirishicha, u 25-yanvar kuni siyosatchini Rosfinmonitoring oʻz ichiga olgan ekstremistlar va terrorchilar roʻyxatiga kiritilganiga eʼtiroz bildirmoqda.
Ushbu roʻyxatga siyosatchining sheriklari Leonid Volkov, Ivan Jdanov, Lyubov Sobol, Vyacheslav Gimadi, Georgiy Alburov va Ruslan Shaveddinov ham kiritilgan.
Maʼlumot uchun, ushbu reyestrga kiritilgan shaxslarning bank hisobvaraqlari muzlatiladi. Roʻyxatga Jinoyat kodeksining terroristik yoki ekstremistik xarakterdagi moddalari boʻyicha sudlangan yoki ayblangan rossiyaliklar kiradi.
2021-yil iyun oyida Moskva shahar sudi prokuratura talabiga binoan Navalniyning mablagʻlari va Navalniy shtab-kvartirasini ekstremistik tashkilot deb topdi va uning faoliyatini taqiqladi.