Namanganda yangi institut tashkil etildi

Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Institutda o‘quv jarayoni 2023–2024-o‘quv yilidan boshlanadi va kredit-modul tizimiga asoslanadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi to‘qimachilik sanoati rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda Institutning zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratadi.

O‘z navbatida, 2024–2025-o‘quv yiliga qadar institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2026–2027-o‘quv yiliga qadar institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

Institutga Namangan shahri “Gulobod” MFY Janubiy aylanma yo‘li ko‘chasi 17-uyda joylashgan bino va inshootlar beriladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog