Namangan shahrida niqobli talonchilar qo‘lga olindi

Namangan shahrida yashovchi Ilhom Umaraliyev (ism-shariflar shartli) ichki ishlar idoralariga xonadonida ro‘y bergan talonchilik yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.

Foto: consumer.es

9-iyul, soat 02:30 larda Umaraliyevning xonadoniga yuziga niqob taqqan noma’lum shaxslar bostirib kiradi. Shovqindan uyg‘onib ketgan uy bekasi va o‘g‘lini metall dasta bilan yuz va bosh qismiga urib, jarohat yetkazadi. Shundan so‘ng umumiy narxi 1,8 million so‘mlik baldoq va uch dona uzukni olib, voqea joyidan yashirinadi.

Namangan shahar IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan Azim Qurbonov, Namangan shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan Qudrat Nuriyev va Namangan shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan Muzaffar Abdurahimov sodir etganliklari aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB TB tomonidan JKning 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog