Namangan​da ona bir yoshga to‘lmagan farzandini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Namangan shahrida 11-noyabr 1988-yilda tug‘ilgan Aliya Bektashova (ism sharifi o‘zgartirilgan) onasining uyida ruhiyatida bo‘lgan o‘zgarish sababli yonida uxlab yotgan o‘g‘li, 2017-yilda tug‘ilgan Aslan Nikitin (ism sharifi o‘zgartirilgan) yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Shuningdek, Aliya Bektashova shu yerda uxlab yotgan yana bir o‘g‘li, 2012-yilda tug‘ilgan Ramiz Nikitin (ism sharifi o‘zgartirilgan) bo‘yin qismiga qaychi bilan urib, so‘ng o‘zining bo‘yiniga qaychi bilan urib jarohat olgan.

Natijada Aslan Nikitin voqea joyida o‘lgan. Ramiz Nikitinning kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan. Yig‘ilishda 15-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda ko‘tarilgan masalalar tahlil qilingan. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi kamchiliklar tumanlar negizida tanqidiy o‘rganildi.

Latest from Blog