Prezident Shavkat Mirziyoyevning 19-20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida 19-yanvar kuni Qiziriq tumanida viloyat faollari ishtirokidagi yig‘ilishda so‘zlagan nutqi yozilgan audioda bir nechta haqiqatlar oydinlashdi.

Xususan, Prezident MXXning viloyatdagi bir necha amaldorlarni sotqinlikda ayblab vazifasidan ozod qilgani haqida xabar bergan edik. Jumladan, ushbu yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev MXX raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomovni tanqid qilib xoinlikda aybladi.
Qalampir.uz nashrining xabar qilishicha, shundan keyin Prezident Shuhrat G‘ulomovning poraxo‘rligi va davlatga qilgan xoinligi uchun umrbod qamalganini ma’lum qilgan.