Surhan Gas Chemical Operating Company kompaniyasi Surhan Gas Chemical Operating Company operator kompaniyasi «Mustaqillikning 25 yilligi» koni hududida uglevodorodlar zaxirasini aniqlash maqsadida baholash qudug‘ini qurish ishlarini boshladi, deya xabar qildi operator matbuot xizmati.
Ayni paytda «Mustaqillikning 25 yilligi» koni hamda «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsion blokiga tegishli tabiiy gaz miqdori 100 mlrd kubometrni tashkil etadi.
Ushbu loyihani amalga oshirishi uchun burg‘ulovchi pudratchi sifatida Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharqda katta tajribaga ega bo‘lgan ERIELL burg‘ulash kompaniyasi jalb qilingan. Quduqning qurilishi uchun serovodorod ta’siri, me’yoridan ortiq plastik bosim va harorat, shuningdek, boshqa murakkab sharoitlarda ishlashda yuqori yuk ko‘tarish quvvatiga ega o‘ziga xos qurilma yaratildi. Loyiha doirasida servis xizmatlarini BakerHghes, Halliburton va NOV singari yetakchi xalqaro servis pudratchilari taqdim etishadi.
Baholash qudug‘i bilan bir qatorda ayni damda «Mustaqillikning 25 yilligi» konida butun blok bo‘yicha shartnoma maydonining ekologik audit tekshiruvlari o‘tkazilmoqda, marketing tadqiqotlarini tashkil etish, loyihalar va zahiralar auditini tubdan qayta ishlash borasida xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi ishlar ham boshlab yuborilgan.