Moskvadagi Islom Karimov xiyoboni va haykali loyihasi ustida angliyalik haykaltarosh Pol Dey ish olib boradi

Lola Karimova-Tillayeva Facebook‘gi sahifasida Islom Karimov nomi berilgan RF poytaxti markazidagi xiyobon va haykal loyihasini shahar boshqaruv idoralariga taqdim etish uchun ijodiy guruh bilan Moskvaga tashrif buyurganini ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillyaeva

Mazkur xiyobon shaharning chiroyli joylaridan biri bo‘lib qolishini istaymiz. Shu sababli ushbu loyiha ustida ish olib borishga Londonning chinakam bezagi bo‘lmish «Britaniya uchun jang» monumental inshooti, Qirolicha-ona haykali hamda Londonning Sent-Pankras stantsiyasidagi «Uchrashuv joyi» bronza haykalini yaratgan mashhur angliyalik haykaltarosh Pol Deyni taklif etdik. Uning so‘nggi san’at asari «Iroq va Afg‘onistondagi urushlar» memorial yodgorligi 2017-yilning mart oyida Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II tomonidan tantanali ochilgan.

Moskva shahridagi loyiha ustida ishlar ekanmiz, ushbu xiyobon ko‘p yillardan keyin ham moskvaliklar va turistlar uchun o‘z jozibasini saqlab qolishiga alohida urg‘u berdik.

Lola Karimova-Tillaeva mazkur loyiha haqida batafsil ma’lumot bermagan. «2018-yilda loyihamiz amalga oshganidan keyingina, uni keng omma e’tiboriga havola etmoqchimiz», deydi Karimova o‘z xabarida.

Fikr bildirish

Latest from Blog