Moskvada 3,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi taksichilik qiladi. Bu haqda shahar transport departamentiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada 220 mingdan ortiq taksi haydovchisi ishlaydi, ulardan 59,4 ming nafari boshqa mamlakat fuqarolaridir.
Avvalroq Rossiyada mehnat muhojirlari soni 500 ming kishigacha kamaygani haqida xabar berilgan edi.