Moskvaning Xamovniki sudi tergov talabiga binoan giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanayotgan AQSh fuqarosi Lik Maykl Trevisni hibsga oldi, deb xabar berdi Interfaks.ru agentligiga shanba kuni sud matbuot xizmati.
Sudda aniqlanganidek, “sobiq desantchi va musiqachi” “yoshlar ishtirokida giyohvandlik biznesini tashkil etishda” ayblanmoqda.
Trevisning hibsga olingani haqidagi maʼlumotlar 8-iyun kuni ommaviy axborot vositalarida paydo boʻldi.