Oliy Majlis Qonuchilik palatasi deputatlari guruhi Vazirlar Mahkamasiga so‘rov tayyorlamoqda. U har ikki yilda yuridik shaxslarning haydovchilari malakasini oshirish borasida o‘tgan yil sentabr oyida qabul qilingan qaror yuzasidan kiritiladi. Bu haqda, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayevga asoslanib, «Daryo.uz» nashri xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, joriy yildan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilari ikki yilda bir marta malaka oshirishdan o‘tishi lozim. Malaka oshirish faqat Avtotest o‘quv komplekslari negizida o‘tkaziladi. 1-iyuldan yuridik shaxs haydovchisida Avtotest kursidan o‘tganlik haqida sertifikat yo‘qligi uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi. O‘zgartish yo‘l harakati qoidalariga ham kiritildi.
Hukumatning bu qarori jamoatchilik orasida qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi. Hujjat qabul qilinishidan oldin uning ochiq muhokama qilinmagani, har ikki yilda malaka oshirish talabning qay darajada to‘g‘riligi, asosiysi — malaka oshirishni tashkil etish huquqi bitta-yagona hususiy kompaniyaga tashkil etilgani e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
O‘z vaqtida bu qaror jiddiy o‘rganib chiqilishi lozimligini Savdo-sanoat palatasi vakillari aytib o‘tgan edi. Rasul Kusherbayevning so‘zlariga qaraganda, deputatlar ham bunday qaror qabul qilinganidan hayron qolgan:
«Nega bunday huquq bitta yuridik shaxsga taqdim etildi, axir bu bilan ochiqchasiga sun’iy monopoliya tashkil etilmoqda? Nega sertifikat faqat ikki yil amal qiladi? Bizda yo‘l harakati qoidalari shunchalik tez o‘zgaradimi?»
«Alohida tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etishni to‘xtatish haqida mamlakat Prezidenti gapiryapti. Ammo bu yerda biz teskari yo‘nalishdagi harakatni ko‘ryapmiz», — dedi deputat.
So‘rov kiritish taklifini deputat Qodir Jo‘rayev ilgari surdi. Uni bir qator boshqa deputatlar qo‘llab-quvvatlagani bois deputat so‘rovi tayyorlashga qaror qilindi.
Kusherbayevning ta’kidlashicha, ayni paytda jahon tajribasi o‘rganilmoqda hamda qabul qilingan qarorning muqobil yechimlari qidirilmoqda.
Deputatlar har oy o‘n kunga mintaqalarga fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganishga boradi. Rasul Kusherbayevning so‘zlariga qaraganda, haydovchilar, tadbirkorlar va mutaxassislar ko‘rsatilgan masalada ko‘p norozilik bildirmoqda.
Deputat, shuningdek, ko‘p hollarda yuridik shaxslar haydovchilari YTH ishtirokchilari bo‘layotgani haqidagi argument o‘rganib chiqildi. Bu ma’lumot haqiqatga mos kelmasligi aniqlandi.
Deputatlik so‘rovi kiritilganidan so‘ng hukumat o‘n kun ichida asosli javob berishi talab etiladi.