Moldova poytaxti Kishinyov shahrida huquq-tartibot idoralari O‘zbekiston va AQShda xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Gumonlanuvchi xalqaro ekstremistik tashkilotlarning yuqori martabali a’zosi ekani taxmin qilinmoqda. U terrorchilik jinoyatlarini sodir etishda ayblangan.
Erkak ilgari ham Moldova hududida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, jazo muddatini o‘tagan.
Ayni damda huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni hibsga olib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.