Misrdagi masjidda terrorchilik hujumi qurboni bo‘lganlarning soni 305 kishiga yetgan. Bu haqda 25-noyabr, shanba kuni RIA Novosti agentligi MENA rasmiy axborot agentligining ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq, 235 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. Misr Bosh prokuraturasi jabrlanganlar haqidagi yangilangan ma’lumotni e’lon qildi. Ro‘yxatga 27 nafar bola kiradi. Yana 128 kishi jarohat olgan.
Sinay yarim orolining shimolidagi Arish shahri yaqinidagi Er Road masjididagi terrorchilik harakati 24-noyabr kuni sodir etilgan. Sky News Arabia telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar dastlab masjidda portlash uyushtirgan. Taxminlarga ko‘ra, portlovchi uskuna terrorchi-xudkush tomonidan harakatga keltirilgan.
Shundan so‘ng, jangarilar masjid atrofidagi maydonni yopib qo‘yib, binoni tark etishga uringan odamlarga qarata o‘t ochgan.