Misrda masjiddagi terakt oqibatida 235 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi

Sinay yarimoroli shimolidagi masjidda 24-noyabr, juma kuni yuz bergan terakt oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 235 kishi halok bo‘lgan, kamida 120 kishi tan jarohati olgan. Avvalroq hodisa oqibatida 155 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: AP Photo

Sky News Arabia telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar dastlab masjidda portlash uyushtirgan. Taxminlarga ko‘ra, portlovchi uskuna terrorchi-xudkush tomonidan harakatga keltirilgan.

Shundan so‘ng, jangarilar masjid atrofidagi maydonni yopib qo‘yib, binoni tark etishga uringan odamlarga qarata o‘t ochgan.

Hodisa munosabati bilan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi. Masjidga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Misrda eng yuqori darajadagi favqulodda holat tartibi e’lon qilingan.

Latest from Blog