Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchilar uchun elektron kartalar joriy qilinmoqda

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida “Fuqaro elektron kartasi” — “Obod uy” tizimini joriy qilish boshlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Tizimni birinchi bo‘lib Qorasuv turar-joy dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning tuman hokimi Sherzod Qudbiyevdan tegishli xat olgan egalari sinab ko‘radi.

Foto: Gazeta.uz

Xat bilan birgalikda, yashovchilarga tizim haqida ma’lumot berilgan flayer va tuman fuqarosining shaxsiy plastik kartasi yuborilgan. Kartaga “Obod uy” tizimidagi shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parol tushirilgan, u yerda esa xonadon haqida, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, ekspluatatsiya xarajatlari uchun ustamalar va joriy balans haqida ma’lumotlar olish mumkin.

“Ushbu tizim fuqarolar va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaffofligini, mablag‘lar yig‘iluvchanligini va ochiqlikni ta’minlash imkonini beradi”, — deyiladi xatda. Tizim yil oxirigacha butun tumanni qamrab olishi rejalashtirilmoqda.

Latest from Blog