Joriy yilning 28-may kuni soat 12:00da mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tuman hokimiyatining matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Foto: Facebok / Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi
Uchrashuv Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tuman aholisini tashkillashtirilayotgan uchrashuvlar haqida televidenie orqali xabardor qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.