Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida xorijda ishlab vatanga qaytib kelgan doktorga mashina sovgʻa qildi. Bu haqda kruz.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, prezident Xoʻjayli tumanida barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida boʻlgan hamda «Panaev Farms» fermer xoʻjaligi rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida Panayev Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik boʻyicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovni Qoraqalpogʻistonga qaytarib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani va u bugungi kunda fermada menejer lavozimida ishlayotganini bildirgan.
«Shavkat Mirziyoyev Alisher Qurbanovga yurtimizga qaytib ishlayotgani uchun Kaptiva avtomashinasini sovgʻa qildi», deyiladi xabarda.