Milliy universitetining 100 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag‘ishlangan «O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda xalq diplomatiyasining tutgan o‘rni va roli» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Foto: Korrespondent O‘zbekiston

Ushbu anjumanda respublikaning qator ko‘zga ko‘ringan olimlari, ilmiy tadqiqotchilari va mutaxasislari, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan milliy va madaniy markazlar rahbarlari  faollari,  OAV vakillari hamda Qozog‘iston Respublikasidan vakillar ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida 2017-2021-yildagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda mamlakatning tinchliksevar tashqi siyosati tamoyillariga o‘z e’tiborini qaratdilar.

Ma’ruzalardan biri O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining diplomatik a’loqalari haqida bo‘ldi. Unda dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va dolzarb muammolar bo‘yicha millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan sa’y-harakatlarni tashkil etishga ko‘maklashish va bevosita qatanashish aloqalarni yanada mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog