«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK o‘z yo‘lovchilariga 1-iyundan O‘zR rezidentlari uchun respublika ichidagi yo‘nalishlarda milliy valyutada rasmiylashtiriladigan aviachiptalarni sotishda beriladigan chegirma miqdori oshirilganligini xabar qiladi.
Milliy aviakompaniya xabariga ko‘ra, chegirma miqdori 3,5 % dan 5,8 % gacha oshirilgan va faqat iyun oyi mobaynida amal qiladi. 1-iyuldan chegirma darajasi o‘zgaradi.