O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan qator moddiy boyliklarni onlayn auktsionga qo‘ydi.
Xususan, MIB «Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonining sharqiy tomonidagi 13A-uy auktsionga qo‘yildi. U 431 357 000 so‘mga baholandi.