Jahon futbol yulduzi Lionel Messining toʻyi juma kuni kechqurun Argentinaning eng hashamatli mehmonxonalaridan birida boʻlib oʻtdi. Toʻyga 250 nafar mehmon taklif qilindi, ular orasida uning jamoadoshlari ham bor, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press.
Messining rafiqasi 29 yoshli Antonella Rokutstso, Messiga bolalikdan tanish. Ular 2000 yildan beri juftlik sifatida uchrashib kelishayotgan edi.
“U hecham oʻzgarmagan. U bolaligida qanday oddiy boʻlgan boʻlsa hozir ham shundayligicha qolgan, erishgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan”, — dedi toʻyda mehmon boʻlgan Messini bolalikdan tanigan doʻsti Diyego Valyexos.
Boda Leo-Antonela: Así salieron después de la ceremonia civil. pic.twitter.com/jMKxdp4peD
— Telemundo Deportes (@TelemundoSports) 1 июля 2017 г.
Nikoh marosimi hashamatli mehmonxonalardan birida boʻlib oʻtdi. Unga BarselonaningNeymar, Luis Suares, Jerar Pike va boshqa mashhur futbolchilar kelishdi.