Merkel va Obama birgalikda Manchesterliklarga videomurojat qilishdi

Germaniya kansleri Agnela Merkel hamda AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Manchester ahlini qo‘llab-quvvatlash maqsadida videomurojat qilishi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Foto: TASS

Murojatda siyosatchilar Manchseterdagi terakt oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirishdi.

«Biz qayg‘uyingizga sherikmiz va jamiyatimizning erkinligi uchun birgalikda kurashamiz. Biz terrorizmga bosh egmaymiz», – dedi murojatida Merkel.

Berlinda o‘tayotgan Germaniya Yevangeliya cherkovi kongressida ishtirok etayotgan Obama, ayni damda butun dunyo Manchesterni qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi.

 

23-mayga o‘tar kechasi Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida mahalliy vaqt bilan 22:30 da “Manchester Arena” stadionida kuchli portlash ro‘y bergani haqida xabar qilingan edi. Terakt natijasida qurbonlar soni 22 kishiga yetgan bo‘lib, 120 kishi jiddiy tan jarohati olgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog