Meksikaning Chilpansingo shahrida Amerika ligasi o‘yini vaqtida tomoshabinlarga qarata to‘rt nafar qurolli shaxs o‘q otishdi, deya xabar berdi TASS.
MVC Noticias radiostansiyasi xabariga ko‘ra, hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishining ahvoli og‘ir.
Otishma Meksikaning eng xavfli mintaqasi bo‘lgan Guerrero shtatida sodir bo‘ldi.