Medvedevning yillik daromadi ma’lum bo‘ldi


Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedevning daromadi 2016-yilda 8,586 million rublni tashkil qildi. Bu raqamlar 2015-yilgiga nisbatan 181 ming rublga kamroq. Ushbu ma’lumotlar hukumat vakillari hamda ularning qo‘l ostidagilarning daromadlari haqidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan. Bu haqda TACC xabar bermoqda.

Medvedev 367,8 kvadrat metrli kvartirada istiqomat qiladi va 47 sotixli yer uchastkasini ijaraga olgan. Bundan tashqari deklaratsiyada uning GAZ-20 va GAZ-21 avtomobillariga egalik qilishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Hukumat vakillarining daromadlarining kamayishiga sabab, ularning bankga qo‘ygan omonatlari kamaygan va tabiiyki ularga to‘lanajak foizlar ham kamaygan, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Latest from Blog