Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi rivojlanishda taraqqiyot kuzatilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda «RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Taraqqiyot mavjud, savdo-iqtisodiy aloqalar salmoqli, g‘ayratli bo‘ldi, ular barcha yo‘nalishlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasi, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha rivojlanmoqda”, deb aytgan Medvedev.
Medvedevning ta’kidlashicha, hukumatlararo hujjatlar katta paketining imzolanishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada ilgari surish uchun yaxshi asos bo‘ladi.