Matnazar Abdulhakimning «Tanlangan asarlar» chop etildi

Joriy yilning 6-dekabr kuni soat 15.00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli shoir va tarjimon Matnazar Abdulhakimning G‘afur G‘ulom nashriyot-matbaa ijojiy uyi tomonidan nashr etilgan ikki jildlik «Tanlangan asarlar» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Foto: Korrespondent O‘zbekiston

Taqdimotda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh shoirlarning ishtiroki kutilmoqda. Shoirning o‘z ovozida o‘qilgan she’rlar qo‘yib eshittiriladi. Ushbu kechaga barcha adabiyot ixlosmandlarini taklif etamiz.

Latest from Blog