/

Mask har oy Trampni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasiga 45 million dollar ajratmoqchi

@ The Telegraph

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp America PAC saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi siyosiy qo‘mitaga oyiga taxminan 45 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal ma’lumotli manbalarga tayanib.

Ularga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy qo‘mitani Palantir Technologies kompaniyasi, shuningdek, AQShning Kanadadagi sobiq elchisi Kelli Kraft va uning turmush o‘rtog‘i, Alliance Resource Partners kompaniyasi rahbari Jo Kraft qo‘llab-quvvatlaydi.

Xabarlarga ko’ra, iyun oyida tashkil etilgan yangi qo‘mita yangi saylovchilarni ro‘yxatga olishga e’tibor qaratadi va shtatlarda erta ovoz berish va byulletenlarni pochta orqali yuborishni rag‘batlantiradi.

Fikr bildirish

Latest from Blog