Markaziy Bank boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Adham Islomov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uz24.uz

Adham Islomov Toshkent Moliya institutining bank ishi fakultetida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1993-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Astronomiya institutida boshlagan.

Bank sohasidagi faoliyatini 1998-yilda ATB «Asaka bank»da oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2006-yil aprelidan 2008-yil avgustigacha bankning Xalqaro hamkorlik va eksport-import operatsiyalari departamenti, keyin Moliyaviy tahlil, strategik rivojlanish departamenti boshliqlari o‘rinbosari vazifalarini egallagan.

2008—2011-yillarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, sho‘ba mudiri lavozimida ishlagan.

2011—2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, so‘ng vaqtincha boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

2014—2018-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog