/

Markaziy bank 100 grammli oltin quymalarini sotishni boshladi — narxlar

© Markaziy Bank

Qimmatbaho metalning qiymati o‘tgan yilgi rekord darajaga yaqinlashdi. 17-yanvar kuni O‘zbekiston Markaziy banki ilk bor 100 grammli oltin quymalarini sotuvga chiqardi.

Bu fonda oltin narxi rekord darajaga yetib, 2024-yil noyabr oyidagi maksimumga yaqinlashdi. Hozirda qimmatbaho metallning bir grammi 1 166 000 so‘mni tashkil etmoqda.

Oltin quymalar narxi:

  • 5 grammli — 5 830 000 so‘m;
  • 10 grammli — 11 660 000 so‘m;
  • 20 grammli — 23 321 000 so‘m;
  • 50 grammli — 58 302 000 so‘m;
  • 100 grammli — 116 603 000 so‘m.

Himoya qadoqlanishi saqlangan taqdirda, ushbu quymalarni mamlakatdan tashqariga olib chiqish yoki banklarga amaldagi narx bo‘yicha sotish mumkin bo‘ladi. Agar qadoq shikastlangan bo‘lsa yoki uning ma’lumotlari texnik talablarga mos kelmasa, xaridorlar quymalarni bankka qaytarib, texnik ekspertizadan o‘tkazishlari mumkin.

2024-yilning oktyabr oyida Markaziy bank oltin va kumushdan yasalgan esdalik tangalarining barcha zaxiralari sotib bo‘lingani haqida xabar bergan edi. Ular hozirgacha sotuvga chiqarilmagan.

Avvalroq, O‘zbekiston oltin zaxiralarini oshirgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat dunyodagi qimmatbaho metallning yetakchi xaridorlaridan biriga aylangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog