Mariya Sharapova WTA reytingida 178-pog’onaga tushib qoldi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Ayollar Tennis uyushmasi (WTA) reytingida 178-pog‘onaga tushib qoldi. Yangilangan ro‘yxat tashkilotning saytida yakshanba, 28-may kuni e’lon qilindi.

Foto: Business Standard

Bunga qadar tennischi ro‘yxatda 173-pog‘onani egallab turgan edi.

30 yoshli sportchi bu haftada bo‘lib o‘tgan o‘yinlarni jarohati tufayli qoldirishga majbur bo‘ldi.

Sharapova tennisga meldoniy tufayli diskvalifikatsiya qilingandan so‘ng 15 oy o‘tib qaytdi. Shundan beri sportchi uchta turnirda ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog