Marg‘ilonda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro “Atlas bayrami”da Qirg‘izstonlik hunarmandlar ham qatnashmoqda

Bu yil Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro “Atlas bayrami” an’anaviy to’qimachilik festivali beshinchi bor o‘tkazilayotgan bo‘lib, O‘zbekistonning turli mintaqalaridan ishtirokchilar tashrif buyurishgan. Bu yilgi festivalning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu yil, shuningdek, Qirg‘izstonlik hunarmandlar ham ilk bor qatnashishmoqda.

photo-2022-10-18-10-58-21-2
Foto: UNFPA

Qirg‘izistonlik hunarmandlarning qatnashishi Birlashgan Millatlar Tashkilotiningning (BMT) “O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasi tashkillashtirilgan. Ushbu qo’shma loyiha BMTning Tinchlik o‘rnatish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo’lib, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning Aholishunoslik  bo’yicha jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Ushbu Qo‘shma loyiha O‘zbekistonning Andijon va Namangan viloyatlari, Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarining chegaraoldi qishloqlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, chegaraorti ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bunda tinchlik o‘rnatishning muhim agentlari sifatida ayollar va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Loyiha resurslardan oqilona va barqaror foydalanish uchun innovatsion qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini tadbiq qilish va chegaraning har ikki tomonidagi mahallalar o‘rtasida ijobiy ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy ayirboshlash uchun o‘zaro maydon va tarmoqlarni yaratishni ko‘zda tutgan.

photo-2022-10-18-10-58-21
Foto: UNFPA

Mazkur Marg‘ilonda bo‘layotgan tadbir yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini ilgari suradigan ana shunday maydonlardan biridir. Festival doirasida tashkil qilingan treninglarda Qo‘shma loyihaning Qirg’izistonda tanlangan hududlaridan 8 kishi va O‘zbekistondan esa 22 kishi qatnashishdi. Treninglarda ular malakali mutaxassislardan kashtachilik, gilamdo‘zlik, etnodizayn va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha bilimlar va ko‘nikmalarni oldilar. Ishtirokchilar, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish do‘stona va kelajakda iqtisodiy hamkorlikka zamin yaratuvchi munosabatlarni o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldilar. Barcha 60 ta trening ishtirokchisi a’zo bo‘lgan Telegram guruh ham tashkil qilindi.

Festival qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasida madaniy almashinuv uchun ham yetarli sharoitlar yaratib berdi. Bu kabi festivallarda qo‘shni respublikalardan vakillarning qatnashishi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarining mustahmkamlanishi, o‘zaro ishonch va do‘stlikning oshishiga xizmat qilishi yana bir bor ma’lum bo‘ldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog