Mamarizo Nurmurotov O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.
Foto: UZ24
Mamarizo Nurmurotov — 2000-2004-yillarda Moliya vaziri, 2004-2006-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Joriy yilning mart oyida Nurmurotov Senat a’zosi etib saylangan edi.
Xabaringiz bor, Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov may oyi oxirida hastalik tufayli vafot etgandi.