Maktab o‘qituvchilarining maoshida o‘zgarish bo‘lishi mumkin

Milliy matbuot markazida tashkil etilgan ochiq muloqot davomida Xalq ta’limi mutasaddilari o‘qituvchilarining maoshi va ta’minotiga bog‘liq ma’lumotlarni keltirdi. Tadbirda xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Ayni paytda o‘qituvchilar toifasini himoya qilish va yangi toifa berish Vazirlar Mahkamasi qoshidagi davlat inspeksiyasi tomonidan har besh yilda bir marta pullik asosda ma’lum sinovga ko‘ra amalga oshiriladi. Ammo oddiy mutaxassis va oliy toifali o‘qituvchiga to‘lanadigan haq orasidagi farq atigi 22 foizni tashkil etadi. Bu ham bir tomondan adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Ushbu takliflar inobatga olinsa, maktablarda dars berayotgan oddiy mutaxassis bilan ikkinchi, birinchi, oliy toifali o‘qituvchiga to‘lanadigan haq orasida sezilarli darajada farq vujudga keladi. Yuqori malaka va ish stajiga ega pedagog maoshi keskin oshadi. Bunda direktor fondi hisobidan to‘lanadigan ustamalar umumlashtiriladi. Ya’ni, ustamani direktor belgilamaydi. Ana shunda tajribali, yaxshi o‘qituvchilarning obro‘-e’tibori, qadr-qimmati ham yuqori bo‘ladi.

Shuningdek, tabdirda ta’kidlanishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ustoz-murabbiylarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini qonuniy himoya qiladigan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda.

“Mazkur qarorda chekka-chekka tumanlarda, o‘zi yashaydigan hududdan olisda mehnat qiladigan o‘qituvchilarga uy-joy ajratish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi, — dedi Ulug‘bek Inoyatov. — Bu bilan xalqimiz orasida o‘qituvchi degan sharafli kasb egalarining obro‘sini yanada oshirish ko‘zda tutilgan”.

Fikr bildirish

Latest from Blog