Maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladi: prezident bu bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan prezidentga axborot berildi.

Qayd etilishicha, maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun narx 108 foizga oshgani, Xalq ta’limi vazirligi esa bunga tushuntirish bergani xabar qilingandi. Shundan so‘ng Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev kitoblarni pulli ijaraga berish konstitutsiyaga zid ekanini bildirib, post qoldirgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog