«Maʼnosiz harakat»: Putin Amerika kiritgan yangi sanktsiyalarga xuddi shunday baho berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi sanktsiyalarini kontrmahsuldor va bemaʼno, deya hisoblashi haqida maʼlum qildi.

Foto: Reddit

«Sanktsiyalarga keladigan boʻlsak, bu harakatlar kontrmahsuldor va maʼnosiz, ayniqsa, Rossiya singari davlatga nisbatan», – deb aytgan Putin.

Rossiya prezidenti bu haqda Finlyandiya prezidenti Saul Niinistyo bilan boʻlgan muzokaralardan soʻng oʻtkazilgan matbuot-anjumanida gapirgan.

Vladimir Putin Rossiyaning amerikalik hamkorlari qachonlardir bu singari siyosatning istiqboli yoʻqligini anglab yetishlariga umid bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 21-avgust kuni AQSh kiberfaoliyat va KXDR tufayli Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiya kiritgani maʼlum boʻldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog