London politsiyasi terrorchilik hujumiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinayotgan to‘rt kishini hibsga oldi. Bu haqda politsiya matbuot xizmatiga tayanib Gazeta.ru xabar berdi.
Londonning shimoliy-g‘arbiy qismida olib borilayotgan terrorchilikga qarshi operatsiya chog‘ida huquq-tartibot xodimlari to‘rtta gumondor shaxsni qo‘lga olgan. Ular orasida 16 yoshli voyaga yetmagan shaxs ham bor.
Bundan tashqari, politsiya gumondorlardan birini yaralagan. Ayni paytda u soqchilar nazorati ostida kasalxonda davolanmoqda.