Lolagul Qallixanova va yana uch kishi ozodlikka chiqarildi

31 yanvar kuni kuni Buxoro viloyati sudida o‘tgan yil yozida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda qatnashgan 22 kishiga nisbatan hukm e’lon qilishni boshladi.

Sudlov hay’ati sudyasi Ye. Abibullayev ayblanuvchilar Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov, Ahmad Ismatullayev va Azamat Nuratdinov sud zalidan ozodlikka chiqarilishini e’lon qildi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, mazkur sudlanuvchilarga shartli ravishda ozodlikni cheklash (uy qamog‘i) bilan bog‘liq bo‘lgan jazo berilgan.

Lolagul Qallixanovaga — 3 yil muddatga shartli ravishda ozodlikni cheklash hukmi chiqarilgan.

Jurnalist Qallixanova uyushgan guruhga birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm (ayirmachilik) g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelganlikda ayblangandi.

Prokuror unga 11 yillik qamoq jazosi so‘ragandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog