Lola Karimova-Tillayeva: Siz aytgan gaplar mohiyatini endi to‘liq anglayapman, otajon (video)

Lola Karimova-Tillayeva Birinchi Prezident vafot etgan kun u bilan bog‘liq xotiralarni tilga olib o‘tdi.

Foto: Karimov fondi

“Sizni juda ham sog‘inaman, vaqt ham bu tuyg‘uni yenga olmayapti. Aksincha, xotiralarim meni o‘tmishning turli onlariga chorlaydi va men xayolan o‘sha damlarni qayta va qayta yashab o‘taman. Ko‘p hollarda siz aytgan gaplar mohiyatini faqat endilikda to‘liq anglayapman….Ko‘plab o‘tmishdagi so‘zlar va lavhalar hamisha ko‘z o‘ngimda turib, asta-sekin tushlarimga o‘tadi va bu ro‘yoda biz siz bilan yana uchrashamiz.

2-sentabr sizning xotira kuningiz va bugun siz farzandlaringiz tomonidan aytilgan har bir so‘zni eshitasiz. Yorqin xotirangiz abadiy bo‘lsin, Otajon”, deyiladi Lola Karimova-Tillayevaning Facebook’dagi sahifasida qoldirgan yozuvda.

Fikr bildirish

Latest from Blog