Amerikaning dunyoga mashhur Linkin Park rok-guruhi yakkahoni, 41 yoshli Chester Bennington 20-iyul kuni o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda TMZ xabar tarqatdi.
Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, qo‘shiqchi o‘zining Los-Anjeles okrugidagi (Kaliforniya shtati) uyida arqonga osilgan holda topilgan.
Chester ikki marotaba uylangan, olti farzandning otasi edi.
Qo‘shiqchi bir necha yil giyohvandlik va ichkilikga qarshi kurashgan, hatto yoshlikda qiynoqlarga duch kelgani uchun o‘z joniga qasd qilish niyati borligini ham ma’lum qilgan.