Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri davlat rahbari ma’muriyatidagi axborot manbasiga tayanib xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, ushbu qaror sababini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
Komil Allamjonov mazkur lavozimga prezident Shavkat Mirziyoyevning 27-avgustdagi farmoni bilan tayinlangan edi.
Prezident matbuot kotibi hamda davlat rahbari ijro apparati rahbari o‘rinbosari lavozimiga esa o‘tgan yilning dekabrida tayinlangan.
Komil Allamjonov (1984-yilda tug‘ilgan.) — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2006) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi.