Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar qildi.

Foto: Daryo.uz

Tayinlov haqidagi farmon va Prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 1-dekabr kuni imzolangan.

Komil Allamjonov 1984-yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2006-yilda O‘zbekiston Davlat va madaniyat institutini, 2010-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2002—2004-yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligida bosh mutaxassis, Axborot xizmati xodimi sifatida ishlagan. 2004—2005-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) axborot xizmatida bosh mutaxassis, 2005—2009-yillarda DSQ axborot xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, 2009—2013-yillarda DSQ axborot xizmati boshlig‘i — qo‘mita matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan.

Latest from Blog